OMMAVIY OFERTA-SHARTNOMA
(onlayn ta’lim xizmatlaridan foydalanish bo’yicha)
1. Umumiy qoidalar
1.1. 2020-yil 25-iyunda Toshkent shahar Yunusobod tumani Davlat Xizmatlari Markazi tomonidan berilgan guvohnoma raqami 863999, hamda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan berilgan KMO-0764 raqamli litsenziyaga ega “WEBCLASS ONLINE MAKTABI” NTM (bundan keyin – Onlayn maktab") quyidagi keltirilgan harakatlarni amalga oshirish yo'li bilan ushbu ofertani ma'qullovchi jismoniy shaxslarga (bundan keyin - "O'rganuvchi") quyida keltirilgan shartlar asosida (bundan keyin birgalikda shartnoma tomonlari deb ataladi) masofaviy o'qitish xizmatlarini (bundan keyin – «Masofaviy Ta'lim») taqdim etadi. Ushbu Ommaviy oferta Masofaviy Ta'lim xizmatlarini taqdim etish shartnomasi hisoblanadi. Ushbu Ommaviy oferta shartlari Masofaviy Ta'lim xizmatlari ko‘rsatilishi Qoidalari ham hisoblanadi, ularga Shartnoma Tomonlari amal qilishlari shart. Matnda bundan keyin Shartnoma (ushbu Shartnoma) va Oferta (ushbu Oferta) terminlari bir xil ifodaga ega bo‘ladi. 1.2. Ushbu oferta maqsadlari uchun quyidagi asosiy terminlar qabul qilinadi: Onlayn maktab — biror bir fanni, yo'nalishni, sohani Masofaviy tarzda o'rgatuvchi yuridik shaxs. O'rganuvchi — Masofaviy Ta'lim xizmatidan foydalanuvchi jismoniy shaxs. O’qituvchi – Onlayn maktab tomonidan tayinlangan ustoz. Operator – Onlayn maktab ma’muriyati vakili. O'rganuvchining to‘lovi — O'rganuvchiga Masofaviy Ta'lim xizmatlaridan foydalanish imkoniyati berilganligi uchun O'rganuvching plastik kartochkasi hisob-raqamidan, yoki bank orqali belgilangan miqdordagi to‘lovni amalga oshirish va ta’limiy xizmatlardan hamda testlardan foydalanish imkoniyatini qo'lga kiritish uchun belgilangan xizmat haqi. Кontent — O’qituvchilar tomonidan internet orqali yuborilgan tegishli fanni o'rganish maqsadida yaratilgan Matnli, Ovozli va Rasmli ma'lumotlar va testlar hamda hujjatlar. 2. Shartnoma tuzish tartibi va shartlari 2.1. Onlayn maktab va O'rganuvchi o‘rtasida Masofaviy Ta'lim Xizmatlari taqdim etishga shartnoma www.webclass.uz saytida ro’yxatga olish bo’limidagi “Darsga yozilish”/Ommaviy Oferta shartlariga Roziman degan tugmachani bosish asosida tuziladi. 2.2. Ushbu Oferta shartlari asosida shartnoma tuzilganda, O'rganuvchi Onlayn maktabga uning shaxsiy ma'lumotlarini to‘plash, ishlab chiqish va saqlashga rozilik beradi. 3. Onlayn maktabning majburiyatlari va huquqlari 3.1. Onlayn maktab majburiyatlari: 1) Ushbu Shartnoma amal qilishi davrida, O'rganuvchiga doimiy tegishli fanni o'rganish maqsadida materiallarni yuborishi, hamda O’rganuvchi va O’qituvchi o’rtasida kelishilgan vaqt va soatda darsga tayyor turish; 2) O'rganuvchilarga Masofaviy Ta'lim xizmatlari haqida ishonchli axborotlarni taqdim etish; 3) O'rganuvchilarga Masofaviy Ta'lim xizmatlarini taqdim etish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rish; 4) O'rganuvchilarga Masofaviy Ta'lim xizmatlaridan foydalanish va ushbu xizmatga haq to‘lash, Masofaviy Ta'lim sifati masalalari bo‘yicha maslahatlar tashkil etish. 5) Masofaviy Ta'lim xizmatlarini taqdim etish davrida, keyingi dars paketi uchun haq to‘lamagan holatda, qachonki O'rganuvchi Masofaviy Ta'lim xizmatlari uchun ko‘rsatilgan miqdorda oldindan haq to‘laganda Masofaviy Ta'lim dasturiga kiruvchi darslarni to'xtatilgan joyidan davom ettirishga ruxsat berish; 3.2. Online maktab huquqlari: 1) O'rganuvchi ushbu Shartnoma shartlarini buzgan hollarda, keyingi dars paketi uchun to'lovni amalga oshirmagan hollarda, O'rganuvchini Masofaviy Ta'lim xizmatidan foydalanishini to'xtatish. Masofaviy Ta'limdan qayta foydalana olish ruxsati ushbu qoidabuzarliklar to‘la bartaraf qilinganidan so‘ng amalga oshiriladi; 2) Online maktab O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida va ushbu Shartnomada ko‘zda tutilgan boshqa huquqlarga ega bo‘lishi mumkin. 4. O'rganuvchining majburiyatlari va huquqlari 4.1. O'rganuvchi majburiyatlari: 1) Ushbu Shartnoma shartlariga amal qilish; 2) Amaldagi hisoblar va Shartnoma shartlariga binoan taqdim etilayotgan Masofaviy Ta'lim xizmatiga o‘z vaqtida va to‘la haq to‘lash; 3) Dars jarayonlari boshlangandan so’ng o’qituvchi bilan o’zaro kelishmasdan ketma-ket dars qoldirmaslik. 4) O’qituvchi bilan yozma ravishda oldindan kelishmasdan, O’qituvchi tomonidan taqdim etilayotgan matnli, ovozli va rasmli xabarlardan tanlov, viktorinalar, reklama, so‘rovnomalar va ommaviy tarqatmalar boshqa tadbirlar o‘tkazish maqsadi uchun foydalanmaslik; 5) O’qituvchi tomonidan yuborilayotgan matnli, ovozli va rasmli xabarlarni O'rganuvchi 3-shaxsga yubormaslik, tarqatmaslik va bermaslik; 6) Turli nomaqbul deb hisoblanadigan harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik va sodir etmaslik; 7) O'rganuvchi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va ushbu Shartnomaga muvofiq, boshqa majburiyatlarni ham zimmaziga olishi mumkin. 4.2. O'rganuvchi huquqlari: 1) O’qituvchi tomonidan yuborilgan audio-darsliklardan, matnli va rasmli xabarlardan to'liq foydalanish; 2) O’qituvchidan Masofaviy ta'lim haqida zarur va ishonchli axborotni talab qilish; 3) O'rganuvchi o‘z huquqlari buzilgan hollarda davlat vakolatli organlari yoki sudga murojaat etish; 4) O'rganuvchi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida va ushbu Shartnomada ko‘zda tutilgan boshqa huquqlarga ega bo‘lishi mumkin. 5. Online maktab tomonidan ko'rsatiladigan darslar narxi va davomiyligi 1) Online maktab tomonidan Masofaviy ta'lim uchun ko'rsatiladigan xizmat Online maktab tomonidan belgilanadi. To'lovlar elektron tarzda payme ilovasi yordamida, yoki bank orqali O'rganuvchining plastik kartochkasidan yoki naqd pulidan Online maktabning hisob raqamiga o'tkaziladi. 2) Har bir dars tashkiliy davr bilan birgalikda 60 minutdan kam bo’lmasligi shart. 3) Agar o’rganuvchi tegishli dars paketini sotib olib, darslar boshlanganidan keyin ketma ket uch martagacha sabasiz dars qoldirsa, Online maktab o’quvchining o’zlashtirishi va natijalariga kafolat bermaydi. 4) Agar o’quvchi tegishli dars paketi uchun to’lovni amalga oshirib, darslar boshlangandan keyin 30 kun davomida o’qituvchiga yoki operatorga aloqaga chiqmasa, online maktab u sotib olgan dars paketini yaroqsiz deb topish huquqiga ega. 6. O’qitish xizmati ko'rsatilgani uchun O'rganuvchi bilan hisob-kitoblar 6.1. O'rganuvchi tomonidan belgilangan miqdorda oldindan haq to‘langanidan so‘ng Masofaviy ta'lim xizmatlari ko‘rsatiladi. 7. Tomonlarning majburiyatlari 7.1. O’qituvchi shartnoma majburiyatlarini, belgilangan Masofaviy ta'lim xizmati ko‘rsatish sifatini bajarmaganligi yoki sifatsiz bajarganligi, ularni ko‘rsatish muddatlari yoki kamchiliklarni bartaraf qilish muddatlari buzganligi, Masofaviy ta'lim xizmati to‘g‘risidagi axborotlarning ishonchsizligi uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida yoki ushbu Shartnomada ko‘zda tutilgan tartibda va miqdorda O'rganuvchi oldida mas'liyatni o‘z zimmasiga oladi. 7.2. Onlayn maktab turli zarar va qo‘ldan ketgan foyda uchun O'rganuvchi oldida javobgar hisoblanmaydi. 7.3. Agar o'rganuvchi telefon raqamini o'zgartirsa, yoki telegram, IMO, yoki skype accauntini o'chirib, keyin yana boshqatdan ishlatishni boshlasa, operatorga yoki o’qituvchiga xabar berishi shart. 8. Fors-major 8.1. Ushbu Shartnoma maqsadlari uchun "Fors-major", Fors-major haqida xabar qiluvchi Tomon barcha oqilona harakatlariga qaramasdan oldini ololmaydigan, yonga olmaydigan yoki cheklay olmaydigan biror-bir hodisani, shu jumladan, ammo bu bilan cheklanmasdan, ushbu hodisa O‘zbekiston Respublikasida yoki undan tashqarida sodir bo‘lganligidan qat'iy nazar, urush, ommaviy tartibsizliklar, ish tashlashlar, hokimiyat organlari qarorlari, embargo, yonginlar, portlashlar, suv toshqinlari yoki boshqa tabiiy ofatlarni anglatadi; ammo, pul yo‘qligi yoki yetmasligi Fors –major holati hisoblanmasligi sharti bilan. 8.2. Har qanday Fors-major holati yuzaga kelishi bilan ushbu Shartnoma bo‘yicha biror-bir majburiyatining bajarilishiga (pul mablag‘i to‘lash haqidagi majburiyatidan tashqari) Fors-major shunday vaziyati ta'sir ko‘rsatgan Tomon ("Zarar ko‘rgan Tomon") darhol fors-major holati mavjudligi haqida boshqa Tomonni yozma ravishda xabardor qilishi ("Fors-major haqida xabarnoma"), boshqa Tomonga zarar va ziyon keltirishni kamaytirish va Zarar ko‘rgan Tomonning ushbu Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarini bajarish qobiliyatini tiklash uchun tegishli choralarni ko‘rishi kerak. Fors-major haqida xabarnoma: а) Fors-major hodisasini ko‘rsatish zarur b) Iloji boricha, uning Zarar ko‘rgan Tomonga o‘z majburiyatlarini bajarishi qobiliyatiga ta'sirini ta'riflash c) Ushbu tomonning boshqa Tomon zarari yoki ziyonini kamaytirish va Zarar ko‘rgan Tomonning ushbu Shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarish qobiliyatini tiklash uchun ko‘rilgan choralarni ta'riflash. Sodir bo‘lgan favqulotda holatdan xabar bermaslik yoki o‘z vaqtida xabar qilmaslik shu Tomonni shartnoma majburiyatlarini bajarmaganligi uchun mas'uliyatdan ozod etishga hech birini asos sifatida ko‘rsatish huquqidan mahrum qiladi. 8.3. Аgar Fors-major holati sababli Tomonlardan birortasi ushbu Shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishni kechiktirsa, shunday kechiktirish davri ushbu Shartnomada ko‘zda tutilgan muddatlarni hisoblashda hisobga olinmaydi va shu Tomon Fors-major holati sababli bajara olmaganligi doirasida Shartnoma bo‘yicha olgan majburiyatini kech bajarganligi uchun oqlanadi biroq Fors-major holati haqida Xabar qilganidan so‘ng oltmish (60) kun davomida o‘z majburiyatlaridan birortasini Fors-major sababli bajari Ushbu Ommaviy oferta Masofaviy Ta'lim xizmatlarini taqdim etish shartnomasi hisoblanadi.shga qodir bo‘lmasa, tomonlar darhol Fors-major ushbu holati oqibatlarini aniqlash uchun maslahatlashishlari va vaziyatga qarab Tomonlar roiziligi bilan tegishli zarur choralarni ko‘rishlari sharti bilan. 9. Shartnoma muddati Mazkur Shartnomaning amal qilish muddati Ofertani qabul qilish sanasidan belgilanadi va Tomonlarning ushbu Shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishlari yoki uning bekor qilinishi kunigacha amal qiladi.